«ilhom mahkamov» tegli maqolalar


Toshkent jamoat transportida naqd puldagi to‘lov 3000 so‘mgacha oshishi mumkin. Naqdsiz to‘lovlar esa 1700 so‘mligicha qoladi
2 aprel 2024, 18:21 1

Toshkent jamoat transportida naqd puldagi to‘lov 3000 so‘mgacha oshishi mumkin. Naqdsiz to‘lovlar esa 1700 so‘mligicha qoladi

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Toshkent jamoat transportida naqd pul bilan to‘lov narxini 3000 so‘mgacha oshirish rejasi borligini aytdi. Bunda naqdsiz to‘lovlar miqdori 1700 so‘m holida o‘zgarishsiz qoladi. “Elektron to‘lovga o‘tishga harakat qilyapmiz. Aholini shu narsaga qiziqtiryapmiz”, — dedi vazir.

Har bir haydovchini o‘qityapmiz, eng yuqori toifadagi haydovchilar boshqalarni o‘qitadi — transport vaziri
1 aprel 2024, 11:34

Har bir haydovchini o‘qityapmiz, eng yuqori toifadagi haydovchilar boshqalarni o‘qitadi — transport vaziri

Transport vaziri Ilhom Mahkamov haydovchilarni o‘qitish uchun Germaniyadan “50 yillik stajga ega” haydovchilar, Moskvadan esa instruktorlar olib kelinganini aytdi. “Har bir haydovchini o‘qityapmiz. Ularni toifalarga bo‘lamiz, eng yuqori toifadagilariga boshqalarni o‘qitish huquqi beriladi”, — dedi vazir.

Transport vaziri — Toshkentga tramvayni qaytarish ishlari haqida
30 mart 2024, 13:23

Transport vaziri — Toshkentga tramvayni qaytarish ishlari haqida

Transport vaziri Ilhom Mahkamov “Gazeta.uz” muxbiri bilan suhbatda tramvay orqali birinchi navbatda “eski” Toshkent bilan Yangi Toshkent bog‘lanishi, shuningdek, poytaxt ichida tramvayni qaysi yo‘nalishlarga qo‘yish masalasi ustida ishlanayotganini aytdi. U tramvayni “nihoyatda kerakli infrastruktura” deb atadi.

Toshkent-Chinoz yo‘lini rekonstruksiya qilishga Xitoydan kompaniya jalb etilishi mumkin
28 mart 2024, 17:24

Toshkent-Chinoz yo‘lini rekonstruksiya qilishga Xitoydan kompaniya jalb etilishi mumkin

Xitoyning CITIC Construction kompaniyasi Toshkent-Chinoz yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasiga qiziqish bildirmoqda. Uni ta’mirlash 2022-yil boshida muhokama qilingandi. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonda pulli yo‘llar qurishni reja qilmoqda.

Toshkent shahri hokimligi qoshida Yo‘llarda harakatni tashkillashtirish markazi ochiladi
6 mart 2024, 12:59

Toshkent shahri hokimligi qoshida Yo‘llarda harakatni tashkillashtirish markazi ochiladi

Poytaxt hokimligi qoshida Yo‘llarda harakatni tashkillashtirish markazi ochiladi. U qoidabuzarliklarni qayd etuvchi 2 mingdan ortiq foto va video qayd etish tizimini o‘rnatadi, transport kompleksi uchun yagona reklama maydoni, pullik to‘xtash joylari va elektromobillar uchun zaryadlash infratuzilmasi yaratadi.

“Shuncha xodim bor, lekin qani natija?” Prezident Achilbay Ramatov kompleksini tanqid qildi
31 yanvar 2024, 01:18

“Shuncha xodim bor, lekin qani natija?” Prezident Achilbay Ramatov kompleksini tanqid qildi

Bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov kompleksiga 3 ta vazirlik va idora, 3 ta inspeksiya, 5 ta korxona, 11 rahbar, 41 o‘rinbosar, 12 ming boshqaruv xodimi va 224 nafar hokim o‘rinbosari kiradi. “Odamlarimiz eng ko‘p norozi bo‘lgan soha Ramatovning kompleksi”, — dedi prezident.

Transport vaziri va qator mas’ullarga hayfsan berildi
29 yanvar 2024, 10:40

Transport vaziri va qator mas’ullarga hayfsan berildi

Prezident o‘z tizimida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun transport vaziri Ilhom Mahkamov, uning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, IIV YHXB boshlig‘i Olim Saidov va “Toshshahartransxizmat” AJ raisi Anvar Jo‘rayevga hayfsan e’lon qilib, oxirgi ogohlantirish berdi.

Gruziyadan Samarqandga aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi
28 oktabr 2023, 23:44

Gruziyadan Samarqandga aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Gruziyadan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Gruziya tomoni o‘zbek biznesiga Qora dengizda port va terminallar qurishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston Afg‘oniston orqali Pokistonga tranzit yuk tashuvlarini kengaytirmoqchi
28 avgust 2023, 16:29

O‘zbekiston Afg‘oniston orqali Pokistonga tranzit yuk tashuvlarini kengaytirmoqchi

O‘zbekiston delegatsiyasi Kobulga tashrifi davomida Afg‘onistonga sarmoya kiritishni ko‘paytirish, bu mamlakat hududi orqali tranzitga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish va yuklarni Pokistonga olib o‘tishda tranzit to‘lovlarini kamaytirish, bojxona xizmatlari faoliyatini uzluksiz rejimga o‘tkazishni muhokama qildi.

Xitoy O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarida logistika markazlarini tashkil qiladi
23 may 2023, 16:56

Xitoy O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarida logistika markazlarini tashkil qiladi

Xitoy logistika kompaniyalari O‘zbekistonda nafaqat tovarlarni ayirboshlab, transport xizmatlari ko‘rsatadi, balki chegaraoldi hududlarida logistika markazlarini ham tashkil qiladi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Shuningdek, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” kompaniyasi bilan qo‘shma korxona ham ochiladi.

Transport vaziri — prezidentning qarori, tramvay va ko‘chalarni kengaytirish haqida
11 aprel 2023, 16:58

Transport vaziri — prezidentning qarori, tramvay va ko‘chalarni kengaytirish haqida

Toshkentga keltirilgan katta hajmli yangi avtobuslar taqdimotida transport vaziri voz kechilgan tramvay va trolleybuslar va poytaxt markaziga tezda qaytarishning iloji yo‘q tramvaylar to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek u ko‘chalarni kengaytirish hamda yo‘l o‘tkazgichlar qurish xato ekanini aytdi.

Shuxrat Xudaykulov Uzbekistan Airways rahbari bo‘ldi
11 mart 2023, 08:45

Shuxrat Xudaykulov Uzbekistan Airways rahbari bo‘ldi

Shuxrat Xudaykulov Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bunga qadar kompaniyaga O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov rahbarlik qilib kelayotgan edi.

O‘zbekiston Eron va Turkmaniston bilan yuk tashishni soddalashtirish bo‘yicha kelishib oldi
17 avgust 2022, 20:54

O‘zbekiston Eron va Turkmaniston bilan yuk tashishni soddalashtirish bo‘yicha kelishib oldi

O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov turkmanistonlik hamkasbi bilan Van ko‘li orqali Turkiyaga yuklarni intermodal tashishlarni, Eron vaziri bilan esa Chobahor portidan O‘zbekistonga pilot yuk tashishni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldi.

Prezident transport vazirini «oxirgi marta ogohlantirdi»
7 iyun 2022, 18:04

Prezident transport vazirini «oxirgi marta ogohlantirdi»

Prezident O‘zbekiston aeroportlariga investorlarni jalb etish, respublika hududlari o‘rtasida havo, temir yo‘l va avtomobil qatnovlarini ko‘paytirish bo‘yicha ishlarni qoniqarsiz deb baholadi. Transport vaziri «oxirgi marta ogohlantirish» oldi.

Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports`ga yangi rahbarlar tayinlandi
22 fevral 2021, 19:22

Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports`ga yangi rahbarlar tayinlandi

Uzbekistan Airways kompaniyasiga transport vaziri Ilhom Mahkamov rahbarlik qiladi. Uzbekistan Airports kompaniyasi boshqaruv raisligiga esa Ra’no Jo‘rayeva tayinlandi. U bunga qadar turli yillarda S7 Space hamda «Roskosmos»ning Yer usti kosmik infratuzilmasi ob’ektlarini ekspluatatsiya qilish markazini boshqargan.

Deputatlar transport vaziri lavozimiga Ilhom Mahkamov nomzodini ma’qulladi
22 fevral 2021, 15:46

Deputatlar transport vaziri lavozimiga Ilhom Mahkamov nomzodini ma’qulladi

Qonunchilik palatasi deputatlari transport vaziri lavozimiga Ilhom Mahkamov nomzodini ma’qulladi. U o‘tgan yilning oktyabridan buyon vazir vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi. Avvalroq, Elyor G‘aniyev transport vaziri lavozimidan ozod etilgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting